6 fevral kuni Fransiya Iqtisodiyot vazirligi Bersi shahrida 10-eksport yarmarkasini o‘tkazdi, bu safar u yangi bozorlarni rivojlantirishga bag‘ishlandi. Qozog‘iston va O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari sifatida alohida ta’kidlab o‘tildi, har ikki davlatning iqtisodiy attashelari va savdo-sanoat palatalari taqdimotlari o‘tkazildi. Tadbirda Joanna Golas O‘zbekistonning kichik va o‘rta biznes uchun imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga yordam beruvchi yangi qonunlar bilan tanishtirdi.