Images
CAFU frantsuz-o’zbek biznes klubi CAFU turli frantsuz va oʻzbek kompaniyalarining oʻzaro manfaatli jamiyati, Fransiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash imkonini beruvchi muzokaralar, maʼlumotlar almashinuvi platformasi hisoblanadi.

Muloqot, biznes hamkorlik va biznes g‘oyalar almashish uchun samarali platforma sifatida biz klub a’zolarini ishonchli tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqdamiz (shu jumladan konferensiyalar, seminarlar va boshqalar formatida). Klub hamjamiyati davlat idoralari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, kompaniyalar va tadbirkorlar manfaatlarini ifodalash, salohiyatli investorlarni izlash, biznesni rivojlantirishga ko‘maklashishning haqiqiy vositasidir.

About