images

Distalim

“BRIDGE OF WORLD UNIVERSITIES” MCHJ (Dista’lim.uz) 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar fuqarolariga masofaviy oliy ta’lim, abituriyentlarni kasbga yo‘naltirish, malaka oshirish va kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha maslahat, marketing va axborot xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniyamiz faoliyatining qisqa davriga qaramay, ilm-fan va ta’lim sohasida uzoq muddatli va samarali sheriklik va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdik.

    Dista’lim.uz kompaniyasi faoliyatining ustuvor yo’nalishlari:

  • yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qilish va Markaziy Osiyoda masofaviy ta’lim dasturlarini joriy etish.
  • turli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash bo‘yicha masofaviy kurslarni yo‘lga qo‘yish.
  • turli bilim sohalari bo‘yicha ilmiy tadbirlar, ilmiy konferensiyalar, seminarlar tashkil etish, shuningdek, yetakchi ilmiy jurnallarda tadqiqotchilar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlarning ilmiy nashrlarini targ‘ib qilish.